Ish Beruvchining Fuqarolik Javobgarligini Majburiy Sug'urta Qilish

ISH BERUVCHI — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs; Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalashi shart.

XODIM — ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlayotgan jismoniy shaxs.

Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganda uning mulkiy manfaatlari ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish obyektidir.

ISH BERUVCHINIG KASBGA OID XAVF-XATAR DARAJASI  — xavf darajasi va tasniflash tartibiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan faoliyat turiga qarab belgilanadi.

SUG'URTA HODISASI — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi davrida xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt.

SUG'URTA MUDDATI – 1 yil;

Geografik hudud - O'zbekiston Respublikasi

Sug'urtalangan miqdorni hisoblash metodikasi

Ish beruvchining turi

Sug'urta summasi

OSGOR shartnomasi tuzilgan sanada 1 yildan ortiq faoliyat yuritadigan ish beruvchi uchun

Shartnoma tuzilgan oydan oldingi 12 oy davomida ish beruvchining barcha xodimlarining yillik ish haqi miqdorida

Ish faoliyatini qaytadan yuritayotgan ish beruvchi uchun

OSGOR shartnomasi tuzilgan oydan keyingi 12 oy davomida ish beruvchining barcha xodimlarining yillik ish haqi miqdorida. Bunday holda, yillik ish haqi birinchi oy uchun ish haqi miqdorini 12 ga ko'paytirish orqali hisoblanadi

Bir yildan kam ishlayotgan ish beruvchi uchun

Ish beruvchi ushbu faoliyatni amalga oshiradigan davr uchun ish beruvchining barcha xodimlarining ish haqi miqdorida.

 

Asos:
1. O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 4 iyundagi 210-sonli "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida" gi qonuni.
2. PKM Ruz "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida" gi O'RQni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida 2009 yil 14 iyundagi 177-son.