Transport Vositalari Egalarining Fuqarolik Javobgarligini Majburiy Sug'urta Qilish

SUG'URTA OBYEKTI — transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta obyektidir.

SUG'URTA QILDIRUVCHI — sug‘urtalovchi bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan transport vositasi egasi.

TRANSPORT VOSITASINING EGASI — transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish to‘g‘risidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxs. 

TRANSPORT VOSITASI (TV) — yo‘llarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki o‘ziga o‘rnatilgan uskunalarni tashish uchun mo‘ljallangan qurilma.

SUG'URTA MUDDATI – 1 yil;

Geografik hudud - O'zbekiston Respublikasi

Sug'urta summasi va sug'urta mukofotini hisoblash uslubi va

shakllantirish tartibi

 

Sug'urta summasi 

Sug'urta mukofoti

 

40 000 000 so'm

bitta TV uchun:

 

 

35%

jabrlanuvchining mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda to'lanadi

65%

jabrlanuvchining hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilganda

 

 

Hajmi quyidagilarga bog'liq:

- Transport Vositasining turi;

- Transport Vositalarini ro'yxatdan o'tkazish joylari;

- Haydashga ruxsat berilgan haydovchilar soni;

- Sugʻurtalangan hodisalarning mavjudligi yoki yo`qligi;

-  Haydovchining tajribasi va yoshi;

- Transport vositasidan foydalanish muddati;

- Qoidabuzarliklarning mavjudligi.

 

Asos:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–155.
2. PKM Ruz "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida" ZRUzni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida 2009 yil 24 iyundagi 141-son
3. PKM Ruz "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019 yil 16 martdagi 222-son.