Aksiyadorlarning ovoz berishi natijalari

        O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 58-moddasiga muvofiq, barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi.

     Mazkur Qonun va Jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qarorlar yagona aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

       Yuqoridagilarga muvofiq, Jamiyat yagona aksiyadori “EUROASIA INSURANCE” AJ QK tomonidan qarorlar yakka tartibda qabul qilingan, hamda yozma shaklda rasmiylashtirilgan.

    Jamiyat yagona aksiyadori tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda muhim faktlar muntazam ravishda e’lon qilib kelinmoqda.

     E’lon qilingan muhim faktlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin - https://euroasialife.uz/uz/-2/.